Prezidentning tegishli (PF-152-son, 30.09.2024 y.) Farmonga muvofiq, 2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog’chalarni tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi.
2024-yil 1-oktabrdan jismoniy shaxs bir paytning o’zida bir nechta oilaviy nodavlat bog’chada mehnat faoliyatini yuritayotgan bo’lsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo’yicha to’lanadi.
2025-yil 1-sentabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog’chalarni tashkil etish to’g’risidagi bitimlar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida elektron shaklda tuziladi.
2025-yil 1-yanvardan qamrov darajasi past bo’lgan davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalarining bo’sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog’chalar faoliyatini yo’lga qo’yishga ruxsat etiladi.