Ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni tizimini joriy etish tarqalgan xabarlar bo’yicha Bilim va malakalarni baholash agentligidan javob oldik.
Mavzu yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari bilan bog’landik.
“Milliy seritifikat bo’yicha imtihonni tashkil etish agentlikning ish rejasi hisoblanadi. Agentlikda test topshiriqlarini takomillashtirib borish funksiyasi bor. Lekin tegishli normativ-huquqiy hujjat bo‘lmasa, huquqshunoslik fanidan agentlik mustaqil sertifikatlash tizimini joriy qila olmaydi. Ayni paytda huquqshunoslikdan sertifikat joriy qilish uchun huquqiy asos mavjud emas”, -dedi agentlik mutaxassisi.
Bundan kelib chiqadiki, huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihonini o’tkazish bo’yicha hali hech narsa aniq emas. Tarqalgan xabarlar haqiqatga yaqin emas.
Ma’lum qilinishi bilan bu haqda xabar qilamiz.