Pedagoglar attestatsiyadan o‘tishga majburmi?

Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 4-bandiga ko‘ra majburiy attestatsiya 5-yilda o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, nizom 6-bandiga asosan:

 

–pedagogik faoliyat bo‘yicha 25-yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;

 

–yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

 

Bunda 8-bandi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-sonli qaroriga asosan «ye» kichik band bilan to‘ldirilgan, unga ko‘ra pedagogik faoliyat bo‘yicha 25-yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) beriladi.

 

Shunday ekan, pedagogda soha bo‘yicha 30-yillik ish staji mavjud bo‘lsa, majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi va uning toifasi saqlanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры