So'nggi yangiliklar - Ta’lim xabarlari

So’nggi yangiliklar

Magistr darajasidagi xodimga 3-yildan so‘ng mutaxassis toifasida haq to‘lanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga ko‘ra, ilgari attestatsiyadan o‘tmagan magistr darajasidagi ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilishi
Magistr darajasidagi xodimga 3-yildan so‘ng mutaxassis toifasida haq to‘lanadimi?
Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan

Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan

Ayrim telegram kanallarda oʻqishcha kira olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan (super) kontakt asosida oʻqishga kirishi mumkin degan xabar bilan oʻtgan oʻquv yili uchun tasdiqlangan miqdorlar eʼlon qilinmoqda.   OTMlarga kirish imtihonlarida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori har yili taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bayoni bilan belgilanadi. 2024-2025 o‘quv […]

Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi – Bilimni baholash agentligi

Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi – Bilimni baholash agentligi

2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qarorda pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinishi belgilangan.     Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan […]

Motivatsiya uchun imtihon haqidagi TOP filmlar

Motivatsiya uchun imtihon haqidagi TOP filmlar

Ma’lumki, imtihon oldi abituriyentlarda qo‘rquv, hayajon bo‘lishi tabiiy holat. Bir necha kun avval, “Ta’limga oid TOP 5 filmlar” haqida ma’lumot bergan edik. Bu galgi materialimiz sizga imtihon oldidan, haqiqiy motivatsiya berishi shubhasiz.     4. “Imtihon” (Exam) 2009 Rejissyor: Stuart Hazeldine   Agar siz hech narsa aniq bo‘lmagan, lekin juda qiziqarli trillerlarni yoqtirsangiz, unda “Imtihon” […]

65-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

65-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan mazkur olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilari ham ishtirok etgan.     O‘zbekiston terma jamoasi jami beshta, 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.   Medal sohiblari bilan tanishing:   🥉 Ozobek Axtamov –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal, […]

Qashqadaryolik yigit 15 ta xalqaro universitet talabasiga aylandi

Qashqadaryolik yigit 15 ta xalqaro universitet talabasiga aylandi

Qarshi tumanidagi 33-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Navro‘zbek Ravshanov nufuzli 15 ta oliy ta’lim muassasalarining talabasiga aylandi.   1)Eastern Michigan university 2) Kent state university 3) Jacksonville university 4) Colorado state university 5) Colorado Mesa university 6) Pace university 7) Augustana university 8) Missouri university of science and technology 9) University of New Haven 10) Elmhurst university […]

Bugun kasb-hunar maktablariga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi

Bugun kasb-hunar maktablariga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi

19-iyul holati bo‘yicha kasb-hunar maktablariga jami 134 000 nafardan ko‘proq o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.   Eslatib o‘tamiz,  332 ta kasb-hunar maktablariga 106 ta kasb bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilinadi.   Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ariza topshirgan viloyatlar quyidagilar:   1.Farg‘ona viloyati 17192 2.Samarqand viloyati 16758 3.Qashqadaryo viloyati 14256.   Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘ngi kuni. 23:59 gacha my.edu.uz […]

O‘qishga kirishda imkoniyati cheklangan abituriyentlarga qanday imtiyozlar bor?

O‘qishga kirishda imkoniyati cheklangan abituriyentlarga qanday imtiyozlar bor?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.02.2023 yildagi PQ-74-son qarorida, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘lishi ya’ni, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi belgilangan.     Bilimni baholash agentligi OTM larga kirishda nogironligi bor shaxslarga beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:     – I, II va III […]

Ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchilari oʻrindoshlik asosida boshqa maktabda ham ishlashi mumkin(mi)?

Ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchilari oʻrindoshlik asosida boshqa maktabda ham ishlashi mumkin(mi)?

Mehnat kodeksining 432-moddasiga ko’ra o’rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o’zining asosiy ish joyida (ichki o’rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o’rindoshlik) bajarilishi mumkin.   Bundan tashqari, o’rindoshlik asosida ishlash uchun o’qituvchi asosiy ish joyi hisobidan ta’tilga chiqishi shart emas. Ya’ni, asosiy ishdan bo’sh vaqtda oʻrindoshlik asosida ishlash xodimning huquqi hisoblanadi.   Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18- […]

Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga qayta topshirsa, kontrakt bo‘ladimi?

Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga qayta topshirsa, kontrakt bo‘ladimi?

Prezidentning 25-maydagi farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.     Shuningdek, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilishi “Ta’lim to‘g‘risida”gi […]

Xalqaro biologiya olimpiadasidan O‘zbekiston chetlashtirildi

Xalqaro biologiya olimpiadasidan O‘zbekiston chetlashtirildi

Xalqaro Biologiya Olimpiadasining (IBO) 2024-yilgi olimpiadasidan O‘zbekiston chetlatilib, ishtirok etgan barcha o‘quvchilarning natijalari bekor qilinganligi hamda IBOga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborilganligi haqida Xalq Ta’lim info kanali xabar qildi.   Xalqaro Biologiya Olimpiadasi (IBO) dunyo bo‘ylab eng iqtidorli va bilimdon o‘quvchilarni bir joyga to‘playdigan nufuzli olimpiadadir. Ushbu olimpiada har yili o‘tkazilib, biologiya fani bo‘yicha […]

Abituriyentlarga boshqa sana va vaqtda imtihonga kirishga ruxsat beriladimi?

Abituriyentlarga boshqa sana va vaqtda imtihonga kirishga ruxsat beriladimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turli sabablar bilan test sinovlariga qatnashmagan abituriyentlar, ularning yaqinlari tomonidan qo‘shimcha imtihon belgilab berish yuzasidan murojaatlarga javob berdi.   Unga ko‘ra, test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan abituriyent sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilishi mumkin emas.   Shuningdek, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, […]

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz