So’nggi yangiliklar
Bugun chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni
Akademik litseylar uchun qabul jarayonlari boshlandi
Bugun, 10-iyundan 9-sinf bitiruvchilaridan 2024-2025 o‘quv yili uchun akademik listeylar uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi va qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi. Abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari […]
2024-2025-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanadi
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida, 2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida. 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul […]
Eslatma! 14 ta pedagogik ta’lim yo‘nalishi uchun sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatilgan
2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab, pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim yo’nalishlariga sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:
Davlat buyurtmasi boʻyicha kvotalar taqsimotida qaysi sohalarga ustuvorlik beriladi?
Mazkur savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan javob berildi.
Poytaxtning 316-son maktab o‘quvchilari 2 smenada o‘qimoqda. Maktab hududi esa ijaraga berilgan
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan bayonot berdi. Unga ko’ra, Shayxontohur tumanidagi 316-sonli umumta’lim maktabi 1150 nafar o’quvchiga mo’ljallangan bo’lib, hozirda esa 1277 o’quvchi ta’lim olmoqda.
Bugun xotin-qizlarga ajratiladigan grant uchun tavsiyanoma berish yakunlanadi. Jarayonga doir eng muhim ma’lumotlar
Kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam boʻlmagan ball toʻplagan tavsiyanomaga ega boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda, qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
Milliy sertifikat natijalariga ko‘ra test jarayonida kimlarga maksimal ball beriladi?
Abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berish tizimi Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.10.2020-yildagi 646-son) qaroriga asosan belgilangan.
Bu yildan qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi. Yana qanday o‘zgartirishlar kiritildi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov va Bilim va malakalarni baholash agentligi direktor o‘rinbosari Farhod Mirzayevlar bu yilgi qabul jarayonlari bo‘yicha eng muhim savollarga javob berdi.
Ertaga abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli yakunlanadi. Bu haqida nimalarni bilishimiz kerak?
Tavsiyanoma 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.
Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Nodavlat universitet xalqaro loyihani amalga oshirishda ishtirok etmoqda
300,6 million dollarni tashkil etgan mazkur loyihaga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 200 million dollar, O‘zbekiston Respublikasi nomidan 100,6 million dollar ulush mablag‘lari kiritilgan.
Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball qanday tartibda beriladi?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan.