Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanadi?

Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanadi?

Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

 

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.

 

Bundan tashqari boshqa professional ta’lim muassasalarida darslar quyidagi sanalardan boshlanadi:

 

Akademik litseylarda – 4-sentyabr;

Kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;

 

Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr.

 

Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.