2024-yil 20-sentabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi - Ta’lim xabarlari
2024-yil 20-sentabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi

2024-yil 20-sentabr kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

 

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

 

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etiladi.

 

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar:

 

1. QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 11:00.

Joy nomi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot texnologiyalari texnikumi.

Manzil: Nukus shahri To‘rtko‘l guzari ko‘chasi.

Joylashuvi (geolokatsiya):

2. XORAZM VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 14:00.

Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.

Manzil: Urgаnсh tumani Yuqоri dо‘rmаn Yuqoriovul MFY O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy.

Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab yon tomoni.

Joylashuvi (geolokatsiya):

3. BUXORO VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 14:00.

Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.

Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.

Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.

Joylashuvi (geolokatsiya):

 

4. NAVOIY VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 11:00.

Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo‘limi.

Manzil: Navoiy shahri Shodlik ko‘chasi 6-uy.

Mo‘ljal: Navoiy viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi binosi yoida.

Joylashuvi (geolokatsiya):


5. SAMARQAND VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 09:00.

Joy nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali.

Manzil: Samarqand sh. Ibn Sino ko’chasi 2-A uy.

Mo`ljal: Geofizika qo’rg’oni.

Joylashuvi (geolokatsiya):


6. QASHQADARYO VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 09:00.

Joy nomi: Qarshi davlat universiteti Matematika fakulteti 2-qavati.

Manzil: Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy.

Mo`ljal: Ilm-ziyo tibbiyot kolleji yonida.

Joylashuvi (geolokatsiya):

7. SURXONDARYO VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00, 2-smena – 11:00.

Joy nomi: Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti (yangi 7 qavatli bino).

Manzil: Termiz shahri Barkamol Avlod ko‘chasi 43-uy.

Mo‘ljal: Surxondaryo viloyati Xalq banki ro’parasida.

Joylashuvi (geolokatsiya):

8. JIZZAX VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 11:00

Joy nomi: Jizzax politexnika instituti akademik litseyi binosi 1-qavat.

Manzili: Jizzax shahri I.Karimov ko’chasi 4″A”-uy

Mo‘ljal: Jizzax politexnika instituti.

Joylashuvi (geolokatsiya):

9. SIRDARYO VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 14:00

Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi bo’limi.

Manzili: Guliston shahri 4-mavze “Buyuk kelajak” massivi.

Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi va Guliston davlat pedagogika instituti binosi yonida.

Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

10. ANDIJON VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 14:30.

Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Andijon viloyati bo’limi.

Manzil: Andijon shahar, Qo’shariq (Klara Setkina) dahasi 5-uy.

Mo‘ljal: Andijon shahar 4-son kasb-hunar maktabi (sobiq Bank kolleji), Sofiya to’yxonasi ro’parasida.

Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

11. FARG’ONA VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena 14-00, 2-smena 16-00.

Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg’ona viloyati bo’limi .

Manzil: Fargʻona shahri Nurafshon koʻchasi “Mustaqillik shaharchasi”.

Mo‘ljal: “EKO shahar”

Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

12. NAMANGAN VILOYATI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 14:00.

Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.

Manzil: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi Tadbirkor MFY Yoshlik ko‘chasi 92-uy.

Mo‘ljal: Yuksalish massividagi 16-qavatli uy yonida.

Joylashuvi (geolokatsiya):

 

13. TOSHKENT SHAHRI:

Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 08:30, 2-smena – 11:00

Joy nomi: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi.

Manzil: Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.

Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры