Belgilangan qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’lim muassasida tug‘ilgan kun nishonlash taqiqlangan.
Bundan tashqari:
– darsda “naushnik” ishlatish;
– taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;
– boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas.
Ushbu tartibni buzganlarga qanday jazo qo‘llaniladi?
Agar o‘quvchi bu qoidalarga amal qilmasa, unda ota-onasi yozma ogohlantiriladi. Qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchi muassasa ichki nazorat roʻyxatiga olinadi. Ota-ona maktabga chaqirilib, ular bilan inspektor-psixolog suhbat o‘tkazadi.