Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat malaka imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 5-noyabr.
Eslatib o‘tamiz: imtihon natijalariga ko‘ra talabgorlarga 3 yil muddatga amal qiluvchi A+, A, B+, B, C+ va C darajali milliy sertifikatlar beriladi.
B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga lavozim maoshining 15 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Avvalroq, milliy sertifikat imtihonlaridagi oʻzgarishlar yuzasidan Bilimni baholash agentligiga senator soʻrovi yuborilgani haqida xabar berilgandi.
