Prezidentning 2026-yil 19-oktyabrdagi PQ–380-son qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligining tashkiliy tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni belgilandi.
Boshqaruv shtat birliklari quyidagicha belgilangan:
Vazirlik tizimi jami — 5 364 ta
Taʼlim va ilm-fan vazirligi — 4 829 ta (4 nafar oʻrinbosar)
Kasbiy taʼlim agentligi — 193 ta (3 nafar oʻrinbosar)
Bilim va malakalarni baholash agentligi — 172 ta (2 nafar oʻrinbosar)
Innovatsion rivojlanish agentligi — 86 ta (2 nafar oʻrinbosar)
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi — 84 ta (2 nafar oʻrinbosar)
Ushbu tuzilmada 4 ta agentlik: Innovatsion rivojlanish, Kasbiy taʼlim, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari va Bilim va malakalarni baholash agentliklari bor.
Shuningdek, Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish, Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik, Talaba-yoshlar bilan ishlash, Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish kabi yangi markazlar tashkil etilgan.
Bundan tashqari ikkita: Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti, «Mehrli maktab» davlat taʼlim muassasasi, nashriyotlar va taʼlim nashrlari ham tuzilma tarkibini tashkil etadi.
Hududlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri taʼlim boshqarmalari, ularning tarkibida esa tuman (shahar) taʼlim boʻlimlari faoliyat yuritadi. Ular umumiy oʻrta taʼlim, maktabgacha taʼlim, «Yangi avlod» maktabgacha taʼlim tashkilotlari va «Kelajak» markazlarini qamrab oladi.
Muhim! Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga texnikumlar kiradi. Vazirlik tizimidagi davlat oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


