Özbekistonda barça taʼlim taşkilotlari pedagoglari va öquvçilari bir öquv yilida kamida bir marta maqsadli psixologik diagnostikadan ötkaziladi. Natijalar sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilinib, psixologik qöllab-quvvatlaşga ehtiyoji bor şaxslar bilan alohida işlaş yölga qöyiladi.
Prezidentning 2026-yil 19-oktyabrdagi “Uzluksiz taʼlim tizimida psixologik xizmat sohasini ilmiy asosda rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 379-son qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, barça taʼlim taşkilotlarining pedagoglari va öquvçilari, tarbiyaçilari hamda talabalari bir öquv yilida kamida bir marta maqsadli psixologik diagnostikadan ötkaziladi.
Tizim ikki bosqiçda joriy etiladi:
- 2026/2027-öquv yilidan — maktabgaça va umumiy örta taʼlim taşkilotlarida;
- 2027/2028-öquv yilidan — örta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim taşkilotlarida.
Psixologik diagnostika qanday ötkaziladi?
Diagnostika Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maxsus elektron platformada yuritiladi. Bunda şaxsga doir maʼlumotlar va diagnostika natijasida aniqlangan maʼlumotlarning sir saqlanişi taʼminlanadi.
Natijalar sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida tahlil qilinib, pedagog va öquvçilar uçta guruhga ajratiladi:
- psixologik barqaror;
- psixologik qöllab-quvvatlaşga muhtoj;
- faol psixologik qöllab-quvvatlaş zarur.
Birinçi guruhga kiritilganlardan farqli ravişda, psixologik yordamga muhtoj şaxslar bilan alohida işlaş taşkil etiladi. Jumladan, ikkinçi guruhdagilarga taʼlim taşkiloti psixologi, uçinçi guruhdagilarga esa tegişli hudud böyiça mentor psixolog biriktiriladi.
Psixologlarga ustama va moddiy rağbat beriladi
Qarorda psixologlarni tayyorlaş va ularni rağbatlantiriş çoralari ham belgilangan.
Kaskadli malaka oşiriş kurslariga öqituvçi sifatida jalb etilgan psixologlarga uşbu davrda asosiy iş joyidagi lavozim maoşiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustama tölanadi.
Öquv yili davomida psixologik barqarorlikni taʼminlaşda yuqori körsatkiçlarga erişgan 150 nafar mentor psixolog mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 20 barobari miqdorida bir martalik moddiy rağbatlantiriladi.
Şuningdek, taʼlim taşkilotlari psixologik xizmat xodimlari har beş yilda kamida bir marta malaka oşirişi şart etib belgilangan.
Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi
Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya öquv-ilmiy markazi negizida Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi va Taʼlim va ilm-fan vazirligi böysunuviga ötkaziladi.
Institutda 2027-yil 1-yanvardan boşlab Raqamli psixologiya va sunʼiy intellekt, Taʼlim psixologiyasi va psixologik xizmat, Psixologik salomatlik va profilaktika laboratoriyalari faoliyati yölga qöyiladi.
