C1 sertifikatini qoʻlga kiritgan eng yosh 11 nafar oʻquvchi qiz taqdirlandi

C1 sertifikatini qoʻlga kiritgan eng yosh 11 nafar oʻquvchi qiz taqdirlandi

Respublikadagi 11 nafar oʻquvchi qiz «Eng yosh C1 sertifikat egasi» deb topilib, agentlik tomonidan taqdirlandi.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini yuqori darajada oʻzlashtirib, C1 darajadagi sertifikatni qoʻlga kiritgan eng yosh qizlar taqdirlandi. Bu haqda agentlik xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, respublika boʻylab jami 11 nafar oʻquvchi qiz «Eng yosh C1 sertifikati sohibi» deb topilib, agentlik tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlangan.

 

Qizlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari hisoblanadi.

 

Jumladan, Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Raxmatova Dilnoza, Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Abdurasulova Parizoda, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 80-maktab oʻquvchisi Bozorova Dilnura, Namangan viloyatining Chust tumanidagi 77-maktab oʻquvchisi Abduxalilova Mubina va Sirdaryo viloyatidagi maktablardan birining oʻquvchisi Nigora Toʻychiboyevalar 13 yoshida chet tilidan C1 darajani qoʻlga kiritgan.

 

Shuningdek, Surxondaryo Maxmudjonova Madina ismli oʻquvchi esa 12 yoshida C1 natijaga erishgan.

 

Avvalroq, Olmaliq shahrida 11-sinf o’quvchisi IETS’dan 9 ballni qo’lga kiritib, O’zbekistondagi eng yosh  «niner» ga aylangan edi.