Bugundan biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan noyabr oyida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Talabgorlar hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda my.gov.uz sayti orqali quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
- 21-noyabr — biologiya;
- 22-noyabr — kimyo;
- 24-noyabr — fizika (elektron shaklda);
- 28-29-noyabr — matematika.
Muhim oʻzgarish! Endilikda ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida amalga oshirishlari lozim.
Misol uchun, 16-oktabr kuni soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Ushbu vaqt ichida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi va ushbu joy uchun boshqa talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, milliy sertifikat imtihonida qatnashuvchilar soniga limit qoʻyilgan. Shu sababdan bir vaqtning oʻzida juda koʻplab talabgorlar ariza berishga urunayotganligi uchun saytda uzilishlar boʻlyapti.
