2025-yilda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 84,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichdan 44,6 trillion so‘mga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari so‘nggi besh yilda izchil oshib borgan.
Xususan, 2025-yilda ushbu xarajatlar 84,2 trillion so‘mga yetgan. Bu 2021-yildagi 39,6 trillion so‘mlik ko‘rsatkichga nisbatan 2,1 barobar ko‘p.
So‘nggi besh yilda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari quyidagicha bo‘lgan:
- 2021-yil — 39,6 trillion so‘m;
- 2022-yil — 50,3 trillion so‘m;
- 2023-yil — 61,2 trillion so‘m;
- 2024-yil — 71,2 trillion so‘m;
- 2025-yil — 84,2 trillion so‘m.
Shunday qilib, 2021–2025-yillar davomida ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 44,6 trillion so‘mga oshgan.
Avvalroq, davlat oliy ta’lim muassasalarining 2025-yilgi daromad va xarajatlari ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.
