15-oktyabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi (ro‘yxat)

15-oktyabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi (ro‘yxat)

15-oktyabr kuni o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati e’lon qilindi. Talabgorlar o‘zlariga tegishli ma’lumotlar, jumladan, test topshiradigan fan va imtihon hududini PDF fayl orqali tekshirishlari mumkin.

 

Avvalroq xabar berilganidek, 2026-yilning IV choragida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari oktyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi. Navbatdagi test sinovi 15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va imtihon hududi bilan quyidagi PDF fayl orqali tanishishlari mumkin.

 

Mazkur ma’lumotlarni my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami yordamida aniqlash mumkin.

 

Test topshiradigan talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda, shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-karta bilan kelishi lozim.

 

15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sinovda ishtirok etadiganlar ro‘yxati — Faylni yuklash

 

Eslatib o‘tamiz, nostrifikatsiya imtihoniga tayyorlanish uchun Sinovtest.uz  platformasiga namunaviy testlar joylashtirilgan. Buning uchun platformada roʻyxatdan oʻtish va nostrifikatsiya boʻlimidan kerakli fanni tanlash kifoya hisoblanadi.