O‘zbekiston Milliy universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kontrakt va super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Milliy universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kontrakt va super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Yangi o‘quv yili uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bir yillik kontrakt hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2026/2027 o‘quv yilida bakalavr/magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir nafar talabani to’lov-kontrakt shaklidagi bir yillik o‘qitish miqdori hamda super-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi.

Super kontrakt asosida o‘qishga to‘plagan bali 56,7 balldan kam bo‘lmagan va belgilangan qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bazaviy to‘lov-kontrakt summasiga nisbatan abituriyentning qabul chegarasidan qancha ball yetmaganiga qarab belgilanadi:

  • 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy kontraktning 1,5 baravari;
  • 1,06–2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 2 baravari;
  • 2,06–3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 2,5 baravari;
  • 3,06–4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 3 baravari.

Avvalroq, bir qator universitetlarda super-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza qabul qilish boshlangani haqida xabar bergan edik.

2026/2027-o‘quv yili uchun bir yillik bazaviy kontrakt qiymatlari – bu yerda

Super-kontrakt miqdorlari