1-sentyabrdan davlat bog‘chalarida oylik to‘lovlar o‘zgaradi

1-sentyabrdan davlat bog‘chalarida oylik to‘lovlar o‘zgaradi

Endi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari BHMga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadi. Shu sababli BHM miqdori o‘zgarganda davlat bog‘chalaridagi oylik to‘lovlar ham mos ravishda o‘zgaradi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-son qarori bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga o‘zgartirish kiritildi.

 

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 246-son qaroriga o‘zgartirish kiritilib, davlat bog‘chalaridagi ota-onalar to‘lovi miqdorlari bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan bo‘ldi.

 

To‘lov miqdori bog‘chaning joylashgan hududi, bolaning bog‘chada kunlik bo‘lish vaqti hamda oiladan nechta bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashiga qarab belgilanadi.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yil 1-sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘m etib belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat bog‘chalaridagi ota-onalar to‘lovi ham yangi miqdorda hisoblanadi. Talimxabarlari.uz yangi miqdorlarni hisoblab chiqdi.

 

Hudud Bolani bog‘chada bo‘lish vaqti Oilada 1 nafar bola Oilada 2 va undan ortiq bola
Toshkent shahri 4–5 soat 54 472 so‘m 36 300 so‘m
9 soat 290 488 so‘m 207 196 so‘m
10,5 soat 346 016 so‘m 246 708 so‘m
12 soat 391 952 so‘m 277 684 so‘m
24 soat 413 292 so‘m 294 756 so‘m
Viloyat markazlari 4–5 soat 50 292 so‘m 35 244 so‘m
9 soat 280 852 so‘m 198 660 so‘m
10,5 soat 336 424 so‘m 238 172 so‘m
12 soat 371 668 so‘m 261 668 so‘m
24 soat 393 008 so‘m 280 852 so‘m
Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar 4–5 soat 44 836 so‘m 33 088 so‘m
9 soat 258 456 so‘m 183 700 so‘m
10,5 soat 290 488 so‘m 207 196 so‘m
12 soat 333 212 so‘m 237 072 so‘m
24 soat 350 284 so‘m 248 292 so‘m
Tuman markazlari 4–5 soat 40 568 so‘m 27 764 so‘m
9 soat 190 080 so‘m 143 088 so‘m
10,5 soat 258 456 so‘m 195 448 so‘m
12 soat 293 700 so‘m 220 000 so‘m
24 soat 311 828 so‘m 234 432 so‘m
Boshqa joylar 4–5 soat 36 300 so‘m 25 652 so‘m
9 soat 133 496 so‘m 107 844 so‘m
10,5 soat 235 000 so‘m 188 016 so‘m
12 soat 276 584 so‘m 207 196 so‘m
24 soat 290 488 so‘m 220 000 so‘m

 

To‘lovlar BHMga nisbatan belgilangani sababli, bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarganda bog‘chalardagi ota-onalar to‘lovi ham o‘zgaradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-sinf o‘quvchilaridan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga berilishi haqida xabar berilgan edi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish