Endi 1-sinf o‘quvchilaridan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Endi 1-sinf o‘quvchilaridan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

1-sinf o‘quvchilari uchun tarqatilgan o‘quv qurollaridan ortib qolgan qismi keyingi o‘quv yilida ham foydalaniladi. Yaroqlilik muddati tugashiga yaqin bo‘lgan o‘quv qurollari esa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining majburiy maktabga tayyorlov guruhlariga bepul ajratiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24-avgustdagi 456-son qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, shuningdek, ayrim qarorlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi.

 

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablariga joriy o‘quv yilida qabul qilingan 1-sinf o‘quvchilari soniga mos ravishda tarqatilgan o‘quv qurollari to‘plamidan ortib qolgan qismi keyingi o‘quv yili uchun davlat xaridlarini amalga oshirishda inobatga olinadi.

 

Bunda keyingi o‘quv yiliga qadar yaroqlilik muddati tugaydigan o‘quv qurollari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining majburiy maktabga tayyorlov guruhlariga foydalanish uchun bepul ajratiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yilida 1-sinfga 795 mingdan ortiq bolani qabul qilish rejalashtirilgan.

 

Ular uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat bo‘lib, to‘plamga o‘quv sumkasi, daftarlar, ruchka, oddiy va rangli qalamlar, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yoqlari, yelim va qalamdon kiritilgan.

 

“Prezident sovg‘alari” 1-sinf o‘quvchilariga “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlaridan so‘ng tantanali ravishda topshiriladi. Mazkur o‘quv qurollari nodavlat maktablar hamda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining 1-sinf o‘quvchilariga ham beriladi.

 

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslar 2-sentabrdan boshlanadi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish