Bolalar oromgohlarida IT va madaniy muloqotga ixtisoslashgan yo’nalishlar ochiladi

Bolalar oromgohlarida IT va madaniy muloqotga ixtisoslashgan yo’nalishlar ochiladi

O‘zbekistonda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari yangi yo‘nalishlarda ham faoliyat yuritadi. Endilikda IT hamda “Madaniy muloqot va bag‘rikenglik” yo‘nalishidagi oromgohlar tashkil etilib, har bir hududdagi “Kelajak” markazlarida animatsiya va o‘yin yaratish to‘garaklari yo‘lga qo‘yiladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi tegishli qarori bilan ayrim hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Unga ko‘ra, har bir hududdagi bittadan “Kelajak” markazida o‘yinlar yaratish va animatsiya yo‘nalishidagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari endilikda IT hamda “Madaniy muloqot va bag‘rikenglik” yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan holda ham tashkil etiladi.

 

IT oromgohlariga axborot texnologiyalariga qiziqishi yuqori bo‘lgan 10–14 yoshli bolalar jalb qilinadi. Ularda matematika va informatika fanlari chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi.

 

“Madaniy muloqot va bag‘rikenglik” yoshlar oromgohlarida esa yosh avlodda boshqa madaniyat va an’analarga hurmat hamda ochiq munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Bundan tashqari, turli millat vakillariga mansub faol va bilimdon yoshlarning yozgi oromgohlarda birgalikda dam olishi, jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishi hamda o‘zaro tajriba almashishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

 

Avvalroq, avgust oyidan ayrim oilalarga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovi to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish