Maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlovning ikkinchi mavsumi yakunlandi. Yakuniy natijalar bugun tanlov.uzedu.uz platformasi orqali nomzodlarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 6-18-iyul kunlari respublikamiz boʻylab maktab maslahatchisi lavozimi uchun oʻtkazilayotgan tanlovning ikkinchi mavsumi suhbat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda yurtimizdagi 7 695 ta umumtaʼlim maktabi uchun maslahatchilarni saralash jarayonlari oʻtkazildi.
Maktab maslahatchisi lavozimi uchun oʻtkazilayotgan tanlovning yakuniy natijalari bugun tanlov.uzedu.uz platformasi orqali nomzodlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlaydi.
Shuningdek, tanlovning ikkinchi mavsumiga jami 42 932 ta ariza kelib tushgan. Belgilangan talablarga javob bergan 38 303 nafar talabgor testda ishtirok etdi. Test sinovlarida yuqori natija koʻrsatgan 19 294 nafar nomzod suhbat bosqichiga tavsiya etilgan.
Maʼumot uchun, joriy yil 1-oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston hududlaridagi bir necha maktablarida “maktab maslahatchilari” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi kerak. Shuningdek, xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi, davlat tilishini bilishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilishi ustuvorlik beradi) lozim.
Lavozimga davogarlar kompyuter savodxonligiga ega boʻlishi, Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi kerak.
