O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilk marta falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka qabulni boshladi. Hujjatlar 15-avgustga qadar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qildi.
Markazda oliy ta’limdan keyingi ta’lim doirasida mustaqil izlanuvchilikka qabul ilk bor tashkil etilmoqda.
Qabul 24.00.01 — Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatlar 2026-yil 15-avgust soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar daraja.ilmiy.uz va my.gov.uz platformalari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Avvalroq, odil sudlov akademiyasi PhD va DSc uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
