Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi pedagoglar uchun navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari o‘tkaziladi. Mazkur sinovlarda foydalaniladigan topshiriqlar spetsifikatsiyasi fanlar kesimida e’lon qilindi.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida maktabgacha va umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchi va stajyor-tarbiyachilar, shuningdek psixologlar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar uchun navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.
– BOSHLANG‘ICH TA’LIM (o‘zbek, qoraqalpoq, qirg‘iz, qozoq, tojik, rus);
– QARDOSH TILLAR (qoraqalpoq tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman);
– XORIJIY TILLAR (fransuz, hindiy, ingliz, koreys, nemis, xitoy, yapon);
– MTT lar uchun (defektolog, logoped, psixolog, tarbiyachi, musiqa rahbari, direktor o’rinbosari)
UMUMTA’LIM FANLARI
Texnologiya (dizayn);
Texnologiya (servis);
Rus tili (milliy maktablarda)
Shuningdek, navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan pedagoglar ishtirok etadi.
