Milliy sertifikat natijasi kirish imtihoni va o‘qishni ko‘chirishda qancha ball berishi qanday hisoblash mumkin?

Milliy sertifikat natijasi kirish imtihoni va o‘qishni ko‘chirishda qancha ball berishi qanday hisoblash mumkin?

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni va o‘qishni ko‘chirishda milliy hamda chet tili sertifikatlariga ega abituriyentlarga fan yuzasidan tegishli ball beriladi. Ball miqdori sertifikatning darajasi va natijasiga qarab belgilanadi.

 

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni hamda o‘qishni ko‘chirish jarayonida milliy sertifikat va chet tili sertifikatlariga ega abituriyentlarga belgilangan tartibda ball beriladi.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi belgilagan tartibga ko‘ra, milliy sertifikat natijasiga ega abituriyentlar uchun ball quyidagi formula asosida hisoblanadi:

 

– 1-blok fan bo‘lsa — 93 × p% + 11;

 

–  2-blok fan bo‘lsa — 63 × p% + 11.

 

Bu yerda p% — milliy sertifikatda qayd etilgan foiz natijasini anglatadi.

 

Daraja Ball Foiz ko‘rsatkichi
A+ 70–75 100 %
A 65–69,9 100 %
B+ 64 98,46 %
63 96,92 %
62 95,38 %
61 93,85 %
60 92,31 %
B 59 90,77 %
58 89,23 %
57 87,69 %
56 86,15 %
55 84,62 %
C+ 54 83,08 %
53 81,54 %
52 80,00 %
51 78,46 %
50 76,92 %
C 49 75,38 %
48 73,85 %
47 72,31 %
46 70,77 %

 

 

Masalan, sertifikat natijasi 80 foiz bo‘lsa, 1-blok fan uchun 85,4 ball, 2-blok fan uchun esa 61,4 ball beriladi.

 

A va A+ darajadagi milliy sertifikat egalari 100 foizlik natija bilan baholanadi. Bunda ularga 1-blok fan uchun 93 ball, 2-blok fan uchun esa 63 ball beriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, milliy sertifikat natijasi 3 yil davomida amal qiladi.

 

Shuningdek, chet tili sertifikatlari bo‘yicha ham alohida tartib amal qiladi. B2 va undan yuqori darajadagi xalqaro sertifikat egalari maksimal ballni qo‘lga kiritadi. Ya’ni, 1-blok fan uchun 93 ball, 2-blok fan uchun esa 63 ball beriladi.

 

B1 darajadagi chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarga esa maksimal ballning 75 foizi hisoblanadi. Bunda 1-blok fan uchun 69,75 ball, 2-blok fan uchun esa 47,25 ball beriladi.

 

Avvalroq, o‘qishni ko‘chirishda qaysi milliy va xalqaro sertifikatlar uchun tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berilishi haqida xabar bergan edik.