Xususiy bog‘cha, maktab va sport inshootlari uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolati mahalla raislariga beriladi — Prezident

Xususiy bog‘cha, maktab va sport inshootlari uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolati mahalla raislariga beriladi — Prezident

Mahallalarda ta’lim muassasalari yetishmovchiligi muammosini hal etish uchun yangi mexanizm joriy qilinadi. Prezident raisligidagi yig‘ilishda xususiy bog‘cha va maktablar qurilishi uchun yer ajratish vakolati mahalla raislariga berilishi ma’lum qilindi.

 

Bugun,  16-iyul kuniPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

 

Yig’ilishda Yangi Quva mahallasi misolida aholini ish bilan ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha yangi tartib ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu mahallada 51 nafar ishsiz fuqaro bor, ularning 4 nafari agrotexnikumni bitirgan va xonadonida 10 sotixdan tomorqasi mavjud.

 

Ta’kidlanishicha, mahalla raisi tomorqada gul ko‘chatiga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun mahalla bankiriga buyurtma beradi.

Qolgan ishsiz aholi bo‘yicha ham mahalla raisi kim tadbirkor bo‘lmoqchi, qaysi oila daromadini oshirmoqchi, kimga kredit, uskuna yoki yer kerakligini aniqlab, bankirga aniq vazifa qo‘yadi.

 

Shuningdek, Yangi Quva mahallasida bog‘cha yetishmasligi sabab 50 nafar bola qo‘shni mahallaga qatnayapti, hududda esa 70 sotix bo‘sh yer bor. Shu munosabat mahallalarda xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerni auksionga chiqarish vakolati ham mahalla raislariga beriladi.