2026-yil 17-iyul kuni “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilish sanasi o‘zgartirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 17-iyul kuni “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtishi belgilangan edi.
Ayni damda O‘zbekiston hududiga kirib kelgan anomal issiq ob-havo haroratini inobatga olgan holda, mazkur sinov jarayonlari joriy yilning 5-6-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
Sinov jarayonlari o‘tkaziladigan manzillar — Faylni yuklash
Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun: 1206
