HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi

HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi

HEMIS axborot tizimining navbatdagi versiyasida tyutorlar faoliyatini boshqarish, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun diplom reyestri hamda xorijiy talabalar anketalarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq qator yangi funksiyalar ishga tushirildi. Yangilanishlar hisobot topshirish jarayonlarini soddalashtirish va tizim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

HEMIS axborot tizimining navbatdagi versiyasida oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator yangi funksiyalar ishga tushirildi. Yangilanishlar tyutorlar faoliyati, diplom reyestri hamda xorijiy talabalar bilan bogʻliq jarayonlarni oʻz ichiga oladi.

Jumladan, tizimda quyidagi oʻzgarishlar amalga oshirildi:

– Tyutorlar uchun alohida menyu joriy etildi. Endilikda tyutorlarga tegishli barcha funksiyalar “Tyutor faoliyati” boʻlimida jamlandi;

 

– Prorektorlar uchun yangi funksiyalar ishga tushirildi. Ular tizim orqali tyutorlarga hisobot topshirish boʻyicha talabnoma yuborishi hamda taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilishi mumkin;

 

– Tyutorlarning hisobot topshirish jarayoni ham raqamlashtirildi. Endilikda ular prorektor yuborgan talabnoma asosida faoliyat hisobotlarini HEMIS tizimi orqali topshiradi;

 

– Nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari uchun yangi imkoniyat yaratildi. Diplom reyestrida talabaning diplomi qayd etilgach, tizim orqali bitirish buyrugʻini shakllantirish mumkin boʻladi;

 

– Xorijiy talabalar anketasi ham soddalashtirildi. Endilikda xorijiy talabaning davlati tanlanganda viloyat, tuman va mahalla maʼlumotlarini kiritish talab etilmaydi. Uy manzili maydoniga esa toʻliq manzil erkin shaklda yoziladi.

 

Mazkur yangilanishlar oliy taʼlim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni soddalashtirish, tyutorlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda HEMIS tizimi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Avvalroq, HEMIS tizimida ilmiy daraja va unvonlarni avtomatik olish imkoniyati yaratilgani haqida xabar bergan edik.