Texnikum bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri 2-kursga qabul qilish jarayoni davom etmoqda. 6-iyul soat 19:00 holatiga ko‘ra, 217 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, texnikum bitiruvchilarini oliy ta’lim tashkilotlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 6-iyul soat 19:00 holatiga jami 217 ta ariza kelib tushgan.
Statistikaga ko‘ra, ariza topshirganlarning 146 nafari (67,3 foiz) ayollar, 71 nafari (32,7 foiz) erkaklardir.
Hududlar kesimida eng ko‘p ariza:
- Farg‘ona viloyatidan — 39 ta;
- Andijon viloyatidan — 27 ta;
- Jizzax viloyatidan — 25 ta;
- Qashqadaryo viloyatidan — 20 ta kelib tushgan.
Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, suhbat natijalariga ko‘ra, komissiya a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lgan abituriyentlar to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalarining 2-kursiga talabalikka tavsiya etiladi.
