OTMlarga suhbat asosida 2-kursdan qabul davom etmoqda: hozirgacha qancha talabgor hujjat topshirdi?

OTMlarga suhbat asosida 2-kursdan qabul davom etmoqda: hozirgacha qancha talabgor hujjat topshirdi?

Texnikum bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri 2-kursga qabul qilish jarayoni davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ 6-iyul soat 19:00 holatiga ko‘ra, 217 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, texnikum bitiruvchilarini oliy ta’lim tashkilotlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 6-iyul soat 19:00 holatiga jami 217 ta ariza kelib tushgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Statistikaga ko‘ra, ariza topshirganlarning 146 nafari (67,3 foiz) ayollar, 71 nafari (32,7 foiz) erkaklardir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hududlar kesimida eng ko‘p ariza:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  • Farg‘ona viloyatidan — 39 ta;
  • Andijon viloyatidan — 27 ta;
  • Jizzax viloyatidan — 25 ta;
  • Qashqadaryo viloyatidan — 20 ta kelib tushgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, suhbat natijalariga ko‘ra, komissiya a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lgan abituriyentlar to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalarining 2-kursiga talabalikka tavsiya etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠