HEMIS tizimi plagiatni aniqlash dasturlari bilan integratsiya qilindi. Endilikda barcha OTMlarning bitiruvchi talabalari o‘z bitiruv malakaviy ishlari (BMI) yoki dissertatsiyalarini tizim orqali mustaqil ravishda plagiatga tekshirishlari mumkin.
Ushbu funksiyadan foydalanish uchun talaba tizimda qat’iy “Bitiruvchi” statusida bo‘lishi lozim.
Tizimdan qauyidagicha foydalanish mumkin:
my.hemis.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingizga kiring;
“Tashqi xizmatlar/plagiat tekshiruvi” menyusidagi sahifaga o‘ting;
“Hujjat yuklash” tugmasini bosib, bitiruv ishingiz faylini tizimga yuklang va tekshirishga yuboring;
Tekshirish jarayoni biroz vaqt oladi. Natijani bilish uchun “Yangilash” (Refresh) tugmasidan foydalanib turing;
Jarayon yakunlangach, status “Tugallangan” holatiga o‘tadi hamda ishingizning origonallik va plagiat foizlari aks etadi.
Tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, tizim orqali plagiatdan o‘tganlik haqidagi maxsus sertifikat va batafsil tekshiruv hisobotini (report) yuklab olish imkoniyati mavjud.
Avvalroq, HEMIS tizimida bitiruv ishlari mavzularini shakllantirish tartibi yangilangani haqida xabar bergan edik.
