Endi ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi – Prezident farmoni
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari ajratishning quyidagilarni nazarda […]