Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida o‘tkaziladigan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining yangi mavsumi boshlandi.
Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 21–30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mutaxassislari uchun:
— “Eng namunali direktor oʻrinbosari”;
— “Eng yaxshi oʻyin orqali taʼlim beruvchi tarbiyachi”;
— “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
— “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”;
— “Raqamli va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etuvchi tarbiyachi”;
— “Maʼnaviy qadriyatlar tarbiyachisi”;
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun:
— “Oʻyin orqali bolalarni rivojlantiruvchi ijodkor tarbiyachi”;
— “Eng namunali tarbiyachi”.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 19-aprel kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Bunda talabgorlar quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga taqdim etish lozim:
- DMTT direktor oʻrinbosarlari va tarbiyachilari pedagogik kengashi qarori;
- ONMTT tarbiyachilari faoliyat yuritayotgan YATT maʼlumotnomasi;
- mehnat daftarchasidan koʻchirma.
Tanlov yakuniga ko‘ra sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
— oliy maʼlumotli ishtirokchilarning malaka toifalari bir pogʻona oshiriladi;
— oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishtirokchilar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz oʻqishga kirish imkoniyati taqdim etiladi.
