“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovining yangi mavsumi boshlandi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovining yangi mavsumi boshlandi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida o‘tkaziladigan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining yangi mavsumi boshlandi.

 

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 21–30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:

 

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mutaxassislari uchun:

 

— “Eng namunali direktor oʻrinbosari”;

— “Eng yaxshi oʻyin orqali taʼlim beruvchi tarbiyachi”;

— “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;

— “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”;

— “Raqamli va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etuvchi tarbiyachi”;

— “Maʼnaviy qadriyatlar tarbiyachisi”;

 

Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun:

 

— “Oʻyin orqali bolalarni rivojlantiruvchi ijodkor tarbiyachi”;

— “Eng namunali tarbiyachi”.

 

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 19-aprel kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

 

Bunda talabgorlar quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga taqdim etish lozim:

 

  • DMTT direktor oʻrinbosarlari va tarbiyachilari pedagogik kengashi qarori;
  • ONMTT tarbiyachilari faoliyat yuritayotgan YATT maʼlumotnomasi;
  • mehnat daftarchasidan koʻchirma.

 

Tanlov yakuniga ko‘ra sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

 

— oliy maʼlumotli ishtirokchilarning malaka toifalari bir pogʻona oshiriladi;

 

— oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishtirokchilar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz oʻqishga kirish imkoniyati taqdim etiladi.