Maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovga start berilmoqda. Arizalar 22-aprel kunidan boshlab tanlov.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, joriy yil 1-oktyabrdan boshlab O’zbekiston hududlaridagi bir necha maktablarida ‘‘maktab maslahatchilari’’ faoliyati yo’lga qo’yildi.
Maktab maslahatchisi:
- 7-9-sinf o’quvchilarini kasbga yo‘naltiradi;
- Xalqaro oliygohlarga tayyorlashda ko’maklashadi;
- Loyihalar, treninglar va tarmoq to‘garaklarini tashkil etadi.
Ushbu lavozim vakillari oliy, bakalavr diplomiga ega bo’lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi), mutaxassisligi pedagogika yoki psixologiya yo’nalishida o’qigan bo’lishi talab etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, ta’lim standartlaridan xabardor bo’lishi kerak. Shuningdek, xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi, davlat tilishini bilishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilishi ustuvorlik beradi) lozim.
Lavozimga davogarlar kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi, Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog’ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo’yicha yetarli ko’nikmaga ega bo’lishi kerak.
Maktab maslahatchilarini ishga qabul qilish jarayoni tavsiyanomani ko‘rib chiqish, ariza topshirish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish kabi bir necha bosqichlardan iborat.
Mazkur tartibga ko‘ra, nomzodlar Respublika “Kelajak” markazlari tavsiyasi asosida maktablarda faoliyat boshlaydi. Barcha jarayonlar esa belgilangan muddatlar doirasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Mavzuga doir savol-javoblar:
4-kurs talabasi “maktab maslahatchisi” lavozimida ishlashi mumkinmi?
Maktablarda maktab maslahatchisi joriy qilinsa, qaysi lavozimlar qisqaradi?
Agar maktabda 1 shtat MMIBDOʻ boʻlsa, maktab maslahatchisi lavozimi sababli bu shtat qisqaradimi?
Maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinishi bilan qaysi lavozimlar qisqaradi?
Maktab maslahatchisi lavozimiga mehnat staji kerak boʻladimi?
Maktab maslahatchisi qanday asosiy vazifalarni bajaradi?
Maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilish qanday amalga oshiriladi?
368-son buyruq — Faylni yuklash
Malaka tavsiflari — Faylni yuklash
