Bitiruvchilar orasida tez-tez uchrayotgan savollardan biri — diplom ma’lumotlarini diplom.edu.uz tizimiga kiritish va ularni my.gov.uz kabi platformalarda aks ettirish jarayonidir. Quyida ushbu tartib qisqa va tushunarli shaklda bayon etiladi.
Diplom ma’lumotlarini davlat axborot tizimlariga kiritish uchun fuqarolar diplom.edu.uz platformasidan foydalanadi.
Jarayon qanday amalga oshiriladi?
– diplom.edu.uz (https://diplom.edu.uz/) saytiga kirasiz va “Ta’lim ma’lumotini qo‘shish” bo‘limini tanlaysiz;
– diplomingizdagi kerakli ma’lumotlarni (seriya, raqam, JSHSHIR va hk.) kiritib, ariza yuborasiz;
– yuborilgan ariza siz diplom olgan ta’lim muassasasiga boradi. O‘quv yurti ma’lumotlarni arxiv bilan solishtirib, 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
– ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, diplom ma’lumotlaringiz avtomatik ravishda my.gov.uz va boshqa davlat axborot tizimlarida ko‘rina boshlaydi.
Avvalroq, OTMlarga qo‘shma diplom dasturlarini joriy etish imkoniyatlari berilishi haqida xabar bergan edik.
