Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanidagi Ixtisoslashgan maktabning 6-sinf oʻquvchisi Sarvar Yunusov CEFR B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sarvar Yunusov ayni paytda vaqtining ko‘p qismini ingliz tiliga bog‘lagan.
Ustozining aytishicha, u CEFR imtihoniga bir oydan ortiqroq vaqt tayyorlangan.
‘‘Hozirda Qorovulbozor tumanidagi eng yosh CEFR B2 darajali sertifikat egasi bo‘lib turibdi. Albatta kelajakda yana tayyorlanib sertifikatini yangilamoqchi’’, — deydi ustozi.
U chet tilini bilish darajasi aniqlash test sinovi qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija koʻrsatgan:
Listening (Tinglab tushunish) — 54;
Reading (Oʻqish) — 56;
Writing (Yozish) — 59;
Speaking (Gapirish) — 45.
Avvalroq, Navoiy viloyati 22-umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi Islombek Mansurov Chet tilini bilish darajasi boʻyicha B2 sertifikatni qoʻlga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, Navoiy viloyati 5-sinf o‘quvchisi Ergasheva Yasmina CEFR B2 sertifikatni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.
