Buxoro shahridagi 39-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Dilobar Gʻulomova ingliz tilidan CEFR B2 darajali sertifikatga ega bo‘ldi.
U chet tilini bilish darajasi aniqlash test sinovi qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija koʻrsatgan:
Listening (Tinglab tushunish) — 55;
Reading (Oʻqish) — 56;
Writing (Yozish) — 47;
Speaking (Gapirish) — 52.
Avvalroq, 12 yoshli oʻquvchi CEFR B2 sertifikatini qoʻlga kiritgani hamda Farg‘onada 3-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan B2 darajaga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Samarqandda 4-sinf oʻquvchisi B2 darajali sertifikat sohibiga aylangani haqida xabar bergan edik.
