Oʻzbekistonlik talaba qiz nufuzli xalqaro tanlovda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonlik talaba qiz nufuzli xalqaro tanlovda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 4-bosqich talabasi Sabohat G‘ofurova Seul shahridagi Yonse (Yonsei University) universiteti tomonidan har yili koreys tili va adabiyoti bo‘yicha xorijliklar o‘rtasida o‘tkaziladigan 31-xalqaro ijodiy tanlov sovrindori bo‘ldi. U chet ellik ishtirokchilar orasida birinchi va umumiy hisobda uchinchi o‘rinni egalladi.

 

Tanlov koreys yozuvi e’lon qilinganining 579 yilligiga bag‘ishlangandi. Unda 76 mamlakatdan 1400 dan ortiq talaba ishtirok etib, ikkita nominatsiya — “Ko‘zgu” mavzusidagi she’riy va “Xotiralar” mavzusidagi insholar bo‘yicha o‘z ishlarini taqdim etgan.

 

Tanlov natijalariga ko‘ra, 73 ta mukofot, jumladan, bosh prezident sovrini va to‘rtta oltin mukofot topshirilgan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish