Manzil: 8, 2 Bunyodkor Avenue, Tashkent 100043, Узбекистан
Telefon: +99895505330
Litsenziya raqami: №056003
Manzil: 8, 2 Bunyodkor Avenue, Tashkent 100043, Узбекистан
Telefon: +99895505330
Litsenziya raqami: №056003
II bosqich tuman xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan Maktab bosqichida (I bosqich) 1,2,3-oʻrinlarni egallab gʻolib boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida oktyabr oyida oʻtkaziladi. Akademik litseylar oʻquvchilari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning Maktab bosqichi gʻoliblari Tuman bosqichida ishtirok etmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri III (Viloyat) bosqichida ishtirok etadilar. II bosqichda (Tuman) har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar […]
Maktab o‘qituvchisini ishga qabul qilish to‘liq direktorning vakolatida. Mehnat kodeksi 19-moddasida mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlar ish beruvchi ekanligi qayd etilgan. Ushbu kodeks 24-moddasiga asosan qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish ish beruvchining asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kodeks 46-moddasida Ish beruvchining vakilligini hamda ularning […]
O‘zbekistondagi davlat oliygohlarining biridan ikkinchisiga o‘qishini 2 ta uzrli sabablarga ko‘ra ko‘chirayotgan talabgorlarga tegishli Vazirlik (idora) tomonidan natijalar e’lon qilinmoqda. Shaxsiy kabinetda arizangiz statusi “Natijalar eʼlon qilinishi kutilmoqda” deyilsa, 1-2 kundan soʻng sizning arizangiz “Tavsiya etildi” yoki “Tavsiya etilmadi” statusiga oʻzgaradi! Eslatib o‘tamiz, tavsiya etilgan talabgorlar o‘qishini ko‘chirgan OTMga borib olishi shart emas. […]
Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin. Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.
O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi. Ya’ni, agar OTM yo‘nalishlari uchun ajratilgan bo‘sh grant o‘rni bo‘lsa, ta’lim […]
Prezidentning «Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Qarorga ko‘ra, Fargʻona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali negizida Fargʻona davlat texnika universiteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona […]
Huquqshunoslik fanidagi test savollaridan norozi abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi. Avvalroq, huquqshunoslik fani bo‘yicha tuzilgan savollar abituriyentlar hamda keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lgani haqida ma’lum qilgan edik. Advokat Muhriddin Shamsiddinovning ma’lum qilishicha, ushbu holatdan norozi bo‘lgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi. “Joriy yil iyul oyida yuridik […]
Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi.
Bir hafta avval, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umrova “Yil oʻqituvchisi” tanlovi qanday boʻlishi kerakligi haqida pedagoglardan fikr berishlari uchun murojaat bilan chiqqan edi. Bugun, vazir Hilola Umarova telegramdagi sahifasida murojaat botga mingdan ortiq takliflar kelganligi, haliyam kelishda davom etayotganligi haqida xabar berdi. Shuningdek, e’tiborga tushgan bir qancha takliflarni ham keltirib o’tgan. […]
2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagogik kadrlar attestatsiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 10-oktabrgacha uzaytirildi. Eslatib o‘tamiz, attestatsiyada ishtirok etish uchun arizalar 1-avgustdan 1-oktabrgacha qabul qilindi. Biroq, ba’zi o‘qituvchilar tomonidan to‘lov qilishda kechikish holatlari kuzatilgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilingan. Pedagoglar uchun qulaylik yaratish maqsadida, o‘z ixtiyori bilan navbatdan […]
2024-yil oktabr oyida voyaga yetmagan qizaloq o’z otasi tidan ayovsiz kaltaklanib olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. Ma’lumotlarga ko’ra, maktabning oltinchi sinfida o’quvchi qiz maktab do’konidan so’roqsiz yegulik olib yegan. Bir necha marotaba bunday holat takrorlanganligi uchun maktab o’qituvchisi qizning ustidan otasiga shikoyat qilgan. Buni eshitgan ota jahl otiga minib, qizalog’ini uyga olib kelib […]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turli sabablar bilan test sinovlariga qatnashmagan abituriyentlar, ularning yaqinlari tomonidan qo‘shimcha imtihon belgilab berish yuzasidan murojaatlarga javob berdi. Unga ko‘ra, test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan abituriyent sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilishi mumkin emas. Shuningdek, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, […]
Pedagoglar oktyabr oxirida oʻtgan attestatsiya testidan juda past ball olgan. Savollar murakkab tuzilgani va ular tasdiqlangan adabiyotlardan emas, balki boshqa manbalardan tarjima qilingani lekin Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi esa buni rad etayotgani aytilmoqda. Bir guruh fizika fani oʻqituvchilari 31-oktyabrda oʻtkazilgan attestatsiya imtihonida tushgan savollardan norozi boʻlib, Kun.uzʼga murojaat qilgan. Turli hududlardan tahririyatga yozgan […]
Joriy yilgi test sinovi natijalari chiqqandan so‘ng abituriyentlar faqat o‘zining natijasini ko‘ra olishayotgan edi. Ammo OTMlar kesimida umumiy ro‘yxat e’lon qilinmagan va kim nechanchi o‘rinda turganini bilishning iloji yo‘q edi. Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda abituriyentda bu imkoniyat bo‘lgan. Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning bergan xabariga ko‘ra, kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar bugun […]
Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda: “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil […]
2024-yilning 28-noyabr kuni o’smir yigit do‘stlari bilan sobiq “Chorsu” mehmonxonasiga ruxsatsiz kirib, 21-qavatdan yiqilishi natijasida vafot etgan. Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2024-yilning 28-noyabr kuni taxminan soat 19:30 atrofida 2008 yilda tug‘ilgan o’smir yigit do‘stlari bilan sobiq “Chorsu” mehmonxonasiga ruxsatsiz kirgan. 21-qavatdan pastga tushayotganida, qoqilib ketib, 3-qavatga qulaganligi aytilgan. […]
Jarayonlar davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Turli sabablarga ko‘ra pasportini yo‘qotib qo‘ygan abituriyentlar yangi ID-karta olgan holda bemalol testga kirishlari mumkin. Bu haqda huquqshunos Xushnudek Xudoyberdiyev telegramdagi sahifasida ma’lumot berdi Xabarga ko‘ra, abituriyentlar ruxsatnomadagi pasport seriyasi va raqami boshqa bo‘lsa ham muammo bo‘lmaydi. Asosiysi abituriyentning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi kerak. Bundan tashqari yangi pasport olganda seriya va raqam o‘zgarsa […]
“Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Qarori (PQ-231-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko’ra, Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o’rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (Institut) hamda uning Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda pedagogik mahorat markazlari tashkil etiladi. […]
Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi tibbiy tekshiruvdan o’tkazilmoqda.