Manzil: Toshkent shahar,Shayhontohur tumani, A.Navoiy ko’chasi, 32-uy
Telefon: +998781294040
Litsenziya raqami: № 044527
Manzil: Toshkent shahar,Shayhontohur tumani, A.Navoiy ko’chasi, 32-uy
Telefon: +998781294040
Litsenziya raqami: № 044527
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezideni farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi. Bunda: Abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi […]
Attestatsiya ikki bosqichda: umumiy 100 ballik tizimda baholanadi va ikki bosqich natijasi qoʻshilib qaror chiqariladi: 2024-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy etildi. Unga koʻra, attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani (35 ta savol) va kasb standarti […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘iga ko‘ra, sinf rahbarlari ta’lim muassasasi direktori tomonidan o‘qituvchilar orasidan tanlanadi va ozod etiladi. Sinf rahbari quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: -kamida 3 yillik pedagogik ish staji; – maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat yuritishi; -boshqaruvchanlik qobiliyati va o‘quvchilar bilan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishi zarur. […]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra; 2025-yil 1-martdan boshlab: -musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy taʼlim asosida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi; 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab: – Bolalar musiqa […]
Bugungi kunda yurtimizda 112 ta oliygohlarda 338 ta TTJlar mavjud. Ular o‘z bag‘riga 127 mingdan ortiq talabalarni sig‘dira oladi. Bu ko‘rsatkich 2020- yilda 59 346 o‘rin bilan, turar joy ta’minlanishining 28 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yil 41 foiz, 2022-yilda 47 foizga ko‘tarilgan. O‘tgan 2023-yilda esa 18 ming yotoq o‘rinli talabalar turar […]
Kreditni hisoblash birmuncha oson jarayon hisoblanadi. Misol uchun jurnalistika yo‘nalishiga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorning bir yillik kontrakt narxi, bir o‘quv yilidagi umumiy kredit miqdoriga bo‘linadi. Talabaning yillik kontrakt to‘lovi 7 400 000 bo‘lsa, bu summa quyidagicha hisoblanadi: 7 400 000 ÷ 60 = 123 333 so‘m Demak, jurnalistika yo‘nalishi talabalari 1 kredit uchun […]
Pedagog oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: – zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, oʻqitish va tarbiya vositalarini hamda usullarini erkin tanlash va ulardan foydalanish; – belgilangan tartibda mualliflik dasturlarini va oʻqitish uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish, ijodiy faollik koʻrsatish, shuningdek tegishli oʻquv fanlari, kurslari va modullaridan foydalanish;kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur […]
2024-yil 16-noyabr kuni Sharqiy Xitoyda sodir bo‘lgan pichoqlash natijasida sakkiz kishi halok bo‘lgan va 17 kishi jarohat olgan, deb xabar berdi CNN mahalliy politsiya bayonotiga tayanib. Hujum soat 18:30 atrofida Jiangsu provinsiyasining Isin shahrida joylashgan Wuxi san’at va texnologiya kasb-hunar instituti hududida sodir bo‘lgan, — deyiladi politsiya bayonotida. Shuningdek, voqea joyida […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-2025-oʻquv yilida fan olimpiadalarini oʻtkazish boʻyicha Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga ko‘rsatma xati yubordi. Unga ko‘ra, umumta’lim fanlari bo‘yicha Asosiy olimpiada davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Respublika miqyosida tizimli ravishda tashkil etilishi […]
Joriy yilning 5-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) bilan hamkorlikda “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab ta’limini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyaning maqsadi – dunyo boʻylab tadqiqotchilar, oʻqituvchilar […]
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida). Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi. […]
Ota-onalarning farzandi kelajagiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashayotgani va ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini o’rganish maqsadida so’rov o’tkazildi. So‘rovda o‘rtacha yoshi 43 ga teng bo’lgan 3602 nafar ota-ona ishtirok etgan bo‘lib, ularning 75 foizini ayollar, 25 foizini erkaklar tashkil etadi. So‘rov natijasiga ko‘ra ota-onalarning 94,6 foizi farzandi kelajagi haqida o‘zaro suhbatlashib turishi, 13,9 foizining fikrlari bir […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich va Kenjayev Dilshod Mutalibovich egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Talimxabarlari.uz ga ma’lum qildi. Ma’lumot uchun Uzoqboy Begimqulov hamda Dilshod Kenjayev 2023-yilning 31-yanvarida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Namangan shahrida 9-sinf o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi. Voqea 2024-yil 2-noyabr kuni soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. Namangan shahar Davlatobod tumanidagi xususiy maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasini ijaraga olib katta tezlikda boshqargan. Oqibatda, mashina boshqaruvni yo‘qotib aylanib ketgan va […]
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida: – boshlang’ich sinf o’qituvchisi; – o’qituvchi-tarbiyachi; – qo’shimcha ta’lim pedagogi; – uslubiy ish rahbari; – o’qituvchi-psixolog; – direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari; – direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari; – mahallada yoshlar yetakchisi; – pedagog-targ’ibotchi; – maktabgacha va maktab ta’lim vazirligida metodist.
Abituriyentlar nechanchi o‘rinda turganini ko‘rishi mumkin bo‘ldi. mandat.uzbmb.uz saytida kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ochildi va unda OTM, tegishli yo‘nalish, ta’lim shakli va tilini tanlagan holda yakuniy mandatda abituriyentlarning joylashgan joyini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Abituriyentlar nechanchi o‘rinda turganini quyidagi telegram botlar orqali ko‘rishi mumkin: 👉 @e_uzbmb_mandatbot 👉 @e_uzbmb_mandat1bot 👉 @e_uzbmb_mandat2bot
Shu yil 1-avgust kunidan boshlab ota-onalar my.maktab.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududda joylashgan maktablarga 1-sinfga qabul uchun boʻsh oʻrinlar boʻyicha ariza topshirishlari mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi. Arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan soʻng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda toʻxtatiladi. Bola mikrohududdan tashqari maktabga […]
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko’ra, quyidagi pedagoglar navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinmaydi: – fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor […]
Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida, O‘zbekiston umumta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun qizil shahodatnoma hamda oltin va kumush medallar topshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mukofotlar ta’limdagi yuksak natijalari va namunali xulq-atvori bilan ajralib turgan bitiruvchilarga tantanali ravishda taqdim etiladi. 9-sinf bitiruvchilari uchun qizil shahodatnoma berish shartlari: 7-sinfda musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, 8-9-sinflarda […]
Jarayonlarda umumiy hisobda 5 453 nafar pedagogning ishtirok etishi belgilangan edi.