Rossiyada patent, vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) olishni istagan migrantlar uchun rus tili imtihonlari 2025-yildan boshlab murakkablashadi. Bu haqda manbaga tayanib Jarayon.uz ma’lumot berdi.
2025-yil 10-iyuldan boshlab:
– tinglab tushunish bo‘limidagi savollar soni 2 tadan 4 tagacha ko‘paytiriladi;
– imtihonlardan o‘tish uchun minimal ball chegarasi joriy etiladi;
– aynan gapirish bo‘limi uchun ham majburiy ball tizimi qo‘llaniladi.
Bu o‘zgarishlar, «Rosobrnadzor»ning aytishicha, rus tilini adolatli baholash va migrantlarni til o‘rganishga undash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, 2025-yil 23-iyundan boshlab:
– Imtihon savollarining bazasi ikki baravarga kengaytiriladi.
2026-yil 1-yanvardan esa yangi tartib joriy etiladi:
– Rus tili (chet tili sifatida), Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha barcha imtihonlar faqat kompyuter yoki masofaviy texnologiyalar orqali o‘tkaziladi.
Bu haqda ilgari Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy ma’lum qilgan edi.
