G‘azodagi maktab va universitetlarning 90 foizdan ortig‘i vayron qilingan — BMT

G‘azodagi maktab va universitetlarning  90 foizdan ortig‘i vayron qilingan — BMT

Isroil armiyasining hujumlari oqibatida G’azo sektoridagi maktab va universitet binolarining 90 foizdan ortig’iga zarar etgan yoki vayron bo’lgan. Bu haqda BMT mustaqil xalqaro tergov komissiyasining bosib olingan Falastin hududi, jumladan, Sharqiy Quddus va Isroil masalalari bo’yicha hisobotida aytilgan.

 

 

BMTning Mustaqil xalqaro tergov komissiyasining ta’kidlashicha, Falastinda bolalar, jumladan, o‘smirlar ta’limi va o‘qituvchilarning hayoti achinarli ahvolda.

 

“Komissiya Isroil G’azodagi maktab va universitet binolarining 90 foizdan ortig’iga havo hujumlari, artilleriyadan o’q uzish, o’t qo’yish va nazorat ostidagi portlashlar orqali zarar yetkazgani yoki vayron qilganini aniqladi”, — deyiladi matnda.

 

Komissiya hisob-kitoblariga ko’ra, Falastin anklavida sharoit “bolalar, jumladan, o’smirlar ta’lim olishi va o’qituvchilar hayotini imkonsiz qiladigan” sharoitda. Shuningdek, G’azoda 658 mingdan ortiq bola 20 oydan beri maktabga bormagan, deb xabar bergan tass.ru.