Toshkent shaharda joylashgan maktablar oshxonasida taqiqlangan mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo’lishicha, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan 216, 231-sonli maktablarda barcha ishchi xodimlarning tibbiy ko’rikdan o’tganligi nazoratga olgan. Shuningdek, oshxonalarida o’rganish ishlari olib borilayotganini bildirdi.
“Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” ga asosan ta’lim muassasalarida 38 turdagi mahsulotlarni tayyorlash va sotish taqiqlangan.
Nazorat davomida maktab oshxonasida taqiqlangan mayonez va ketchuplar, rangli gazli ichimliklar, har xil turdagi qandolat mahsulotlari, fast-food mahsulotlari tayyorlanib, sotilayotganligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda ushbu mahsulotlar brakeraj qilingan.
“Eslatib o‘tamiz, maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosini cheklash va ularni nazorat qilib borish maktab hududida tashkil etilgan brakeraj komissiyasi vakolatiga ham kiradi. Shuningdek, maktab oshxonasiga sotish uchun olib kelingan har bir mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlariga mosligi brakeraj komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va taqiqlangan mahsulotlar ular tomonidan savdodan olinishi kerak”.