O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qarorining 26-bandiga ko’ra, davlat xizmatlari markazi yoki Vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilishi mumkin:
– pedagog kadrlar tomonidan soʻrovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;
– pedagog kadrlar tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani maʼlum boʻlib qolganligi;
– soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;
– attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻimning toʻlanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish holatlari bundan mustasno).
– Davlat xizmatlari koʻrsatishni mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.