Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda koʻp uchramoqda.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.
Mazkur holatlar yuzasidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan oʻquv kurslari mavjud emas.
“Bu kabi Telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!” deyiladi munosabatda.
Taʼkidlanishicha, Prezident maktablariga kirish uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan hech qanday oraliq sinov imtihonlari oʻtkazilmaydi.