Samarqandda qizlar o’rtasidagi mushtlashuv yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi

Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumanidagi maktablarning birida qizlar o’rtasida mushtlashuv bo’lgani haqida xabar bergan edik.

 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv doirasida voyaga yetmagan K.U. (2008-yilda tug‘ilgan qiz bola) ga yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan edi.

 

Bu bo’yicha Bolalar Ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi. 

 

“Joriy yilning 17-dekabr kuni berilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, K.U. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan A.R. (2005-yilda tug‘ilgan ayol) ga nisbatan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

 

Shuningdek, A.R. tomonidan 2023-yil oktyabr oyida ham o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan voyaga yetmagan qizni tanasining turli sohalariga qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, do‘pposlab, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

 

Hozirda ushbu jismoniy zo‘ravonlik ham o‘rganilib, ichki ishlar organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры