Talabalarning poyezdga boʻlgan talabi va elektron chipta xaridi oshib ketgani sabab bayram arafasida poyezdlarga qoʻshimcha vagonlar ulanmoqda.
Temir yoʻl transporti chiptalariga talablar ortib borayotganligi sababli tez sotilib ketmoqda va bunday holatlarga “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan aholiga qulayliklar yaratish maqsadida qanday chora tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqda Jamiyat matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, bayram arafasi hamda taʼtilga oz qolganligi sababli aholi va talabalarning temir yoʻl transporti xizmatiga boʻlgan talablari ortmoqda va buning oqibatida ilovalardan elektron chiptalarni xarid qilish keskin koʻpaymoqda.
Ushbu holatni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan yoʻlovchi poyezdlariga qoʻshimcha vagonlar ulanishi hamda yangi yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Bundan tashqari aholi va talabalar temir yoʻl chiptalarini chiptaxonalardan tashqari mobil ilova orqali onlayn xarid qilishlari mumkin.
Chiptalarni elektron xarid qilishda eticket.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalaridan foydalanish mumkin.
2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yoʻnalishlarda qoʻshimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi.
Qoʻshimcha qatnovlar:
Toshkent — Urganch — Toshkent yoʻnalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qoʻshimcha qatnov amalga oshiriladi.
Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, «Afrosiyob« tezyurar elektropoyezdi qoʻshimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.
Quyidagi yoʻnalishlarda 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qoʻshimcha plaskart vagonlari qoʻshiladi.
Toshkent — Qoʻngʻirot — Toshkent;
Toshkent — Termiz — Toshkent;
Toshkent — Urganch — Toshkent;
Toshkent — Sariosiyo — Toshkent.
Eslatib oʻtamiz, OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar oʻquvchilari 25-dekabrdan qishki taʼtilga chiqdi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.