2025-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo’ladi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2025–2026-o‘quv yilida maktab o‘quvchilari uchun darsliklar va mashq daftarlari ijarasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

 

 

Vazirlik taqdim etgan rasmiy bayonotda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi ta’kidlangan. Mavjud rejaga ko‘ra, 2025-yilda davlat budjeti hisobidan 81 million nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun 1,3 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

 

 

Qayd etilishicha, 2024-yilda ham maktab o‘quvchilari uchun 83,2 million nusxa darslik va mashq daftarlarini ishlab chiqarish uchun davlat budjetidan 1,5 trillion so‘m ajratilgan. Ushbu mablag‘lar, xususan, davriyligi bir yil bo‘lgan mashq daftarlari uchun yo‘naltirilgan.

 

 

Bayonotga ko‘ra, ota-onalardan darsliklar uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinmaydi, va bu masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi asossiz xavotirlar rad etilgan. Shu bilan birga, Kitob jamg‘armasi faoliyati to‘xtatilgani va yangi jamg‘arma tashkil qilinmagani sababli budjet loyihasida bunday xarajat va daromadlar kiritilmagan.

 

 

“Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida barcha o‘quvchilarni zarur o‘quv materiallari bilan ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi”, – deyiladi bayonotda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры