Maoshning pastligi tajribali pedagoglarning ishdan ketishiga sabab boʻladi — YUNESKO

YUNESKO oʻzining “Jahon oʻqituvchilar haqidagi hisobot” ida dunyo miqyosida pedagoglarga boʻlgan shiddatli ehtiyoj haqida ogohlantirmoqda.

 

 

Unda statistik maʼlumotlar, tadqiqotlar va amaliy usullar tahlil qilingan boʻlib, uning chiqarilishiga asosiy sabab bu sohadagi kadrlar tanqisligidir.

 

 

Hisobotda keltirilishicha, 2030-yilga kelib, barcha bolalarga umumiy boshlangʻich va oʻrta taʼlimni taʼminlash uchun qoʻshimcha 44 million oʻqituvchi kerak boʻladi. 2022-yilda esa dunyo boʻyicha 73 million oʻqituvchi faoliyat yuritgan.

 

 

Eng ogʻir holat Saxaradan janubdagi Afrika mamlakatlarida kuzatilmoqda. Bu yerda 2022-yilda 15 million oʻqituvchi yetishmagan. Boshlangʻich taʼlim muassasalarida bitta oʻqituvchiga oʻrtacha 38 nafar oʻquvchi toʻgʻri kelgan (dunyo boʻyicha oʻrtacha 23 nafar). Shunga qaramay, boshqa mintaqalarda ham muammo ortib bormoqda. Masalan, 2021–2022-yillarda 35 ta Yevropa mamlakatida ham oʻqituvchilar tanqisligi qayd etilgan.

 

 

Maosh va uning oʻqituvchilar hayotidagi ahamiyati

 

 

Hisobotda oʻqituvchilar maoshining pastligi dunyo miqyosida umumiy muammo ekani taʼkidlangan. Koʻp mamlakatlarda pedagoglarning daromadi shunga oʻxshash darajadagi taʼlimni talab qiluvchi boshqa kasblarga nisbatan pastroq. Bu, xususan, Yevropa mamlakatlari, AQSH, Isroil, Urugvay va Chili uchun xosdir.

 

 

Ayrim Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida oʻqituvchilar boshqa mutaxassislarga nisbatan koʻproq maosh olishadi. Masalan, Togo, Benin va Janubiy Afrikada boshlangʻich maktab oʻqituvchilari 50% koʻproq daromadga ega boʻlishlari mumkin. Biroq, bu maoshlar ham oʻqituvchilarning asosiy ehtiyojlarini qoplash uchun yetarli emas.

 

 

Maoshning pastligi kelgusidagi oʻqituvchilar uchun kasbni jozibador qilmaydi, shuningdek, tajribali pedagoglarning ishdan ketishiga sabab boʻladi.

 

“Qozogʻiston 2020-yildan 2023-yilgacha oʻqituvchilarning maoshini ikki barobar oshirdi. Bu qaror milliy soʻrov natijalariga asoslandi, unda oʻqituvchilar oʻzlarini ortiqcha yuklangan va kam maosh olishlaridan norozi ekanini bildirgan edilar. Oʻqituvchilar bu oʻzgarishlarga javoban, hozir oʻzlarini davlat tomonidan yaxshiroq qoʻllab-quvvatlanmoqda deb hisoblashdi. Ragʻbatlantiruvchi maoshlar ishdan qoniqish darajasini oshirishi va kasbning jozibadorligini oshirishi mumkin”.

 

Stress va boshqa sabablar

 

Muammolardan yana biri ishdagi — stressdir.

Stress — oʻqituvchilarni ishdan ketishga majbur qiluvchi asosiy sabablardan biri boʻlib qolmoqda. Haddan tashqari koʻp yuklama, maʼmuriy vazifalar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan nizolar stressni kuchaytiradi.

 

 

Ayrim davlatlarda oʻqituvchilarning xavfsizligi muammo boʻlib qolmoqda. Masalan, AQSHda oʻqituvchilarning 14% oʻquvchilar tomonidan zoʻravonlikka uchraganini maʼlum qilgan. Fransiyada esa oʻqituvchilarning hayotiga jiddiy xavf tugʻdiruvchi holatlar ham boʻlgan.

 

 

Muammolarni hal etish boʻyicha takliflar

 

 

YUNESKO muammoni bartaraf etish uchun bir necha yoʻnalishda ish olib borishni taklif qilmoqda. Jumladan:

 

 

– taʼlim sohasiga koʻproq investitsiya kiritish;

 

– oʻqituvchilar maoshini oshirish;

 

– ularni qaror qabul qilish jarayoniga jalb etish;

 

– maktablarda hamkorlik madaniyatini rivojlantirish.

 

 

Bu choralar oʻqituvchilarning oʻz kasblarida qolishiga va kadrlar tanqisligini yumshatishga yordam berishi mumkin degan fikrda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры