Oʻqituvchi darsini qisqartirib, maktabga yangi xodimni ishga olish toʻgʻrimi?

Oʻqituvchining tarif stavkasi oʻqituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor hisoblanadi.

 

 

Mehnat kodeksining 186-moddasiga koʻra, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra xodimga ishga qabul qilish chogʻida va keyinchalik toʻliqsiz ish vaqti belgilanishi mumkin.

 

 

Yaʼni, maktabda dars yetarli boʻlmaganligi sababli oʻqituvchilarga 0.25, 0.50 yoki 0.75 stavka ish miqdori belgilanishi mumkin. Ammo ushbu stavkalar xodimning roziligisiz kamaytirilishi mumkin emas.

 

 

Maktabda vakant ish oʻrni yoʻqligiga qaramay, yangi xodimni ishga qabul qilish orqali oʻqituvchining tarif stavkasini kamaytirish mehnat shartlarini oʻzgartirish hisoblanadi.

 

 

Mehnat kodeksining 135-moddasiga koʻra, mehnat shartlari mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin emas.

 

 

Mazkur holat mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish deb baholanadi.

 

 

Bu esa ish beruvchiga Maʼmuriy javobgarlik toʻgrisidagi kodeksning 49-moddasida nazarda tutilgan norma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

 

Manba: Xalq ta’limi info

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры