Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda nazorat tadbirlari olib borilgan. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.
Karmana tumani “Talqoq” MFY hududida “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligida qurilayotgan 120 o’rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining ikkinchi qavati “G” o’qining uchinchi hamda to’rtinchi qatorlaridagi g’isht terish ishlari va beton o’zaklar sifatsiz hamda loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlangan.
Mazkur qoidabuzarliklar sabab inspeksiya xodimlari tomonidan obyektda qurilish ishlari vaqtinchalik to’xtatilgan hamda sifatsiz bajarilgan ishlar joyida buzdirilgan.